Asosiy ma’ruzachilar

Ma’ruzachilar

All speakers
Alexander Simonenko

Alexander Simonenko

Chief Technical Officer

National Intellectual Solutions (Gorgona)

CTO at National Intellectual Solutions (Gorgona AI), building AI-driven automation for banks and regulators in Uzbekistan. With 8+ years leading teams of up to 200 in fintech, GovTech, and industry, his experience spans instant payments, earned wage access, and secure AI deployments in regulated environments.

Speaking at

  • 3:00–4:00tkDush 24 avgCentral Asian Expocenter (CAEx)

    Loyihaviy muvofiqlik: Moliya sohasidagi SI-agentlari — Qoidalar allaqachon belgilab qo'yilgan

    Central Asian Expocenter (CAEx)

    About this session
    Sun'iy intellekt agentlari shunchaki avtomatlashtirish vositasi bo'lib qolmay, moliyaviy ekotizimning yangi turdagi raqamli ishtirokchilariga aylanmoqda. Banklar alohida ishlaydigan SI-modellaridan harakatlarni rejalashtiruvchi, tashqi vositalardan foydalanuvchi, bank tizimlari va boshqa agentlar bilan o'zaro aloqaga kirishuvchi hamda moliyaviy tranzaksiyalarni boshlovchi avtonom agentlarga o'tmoqda. Biroq SI maslahatchidan amaliy harakatlarni bajaruvchiga o‘tganda, mas’uliyatning mohiyati ham o‘zgaradi. Bunda agent hayotiy siklining barcha bosqichlarida — ma'lumotlarni boshqarish va manipulyatsiyaga chidamligidan tortib, avtonom harakatlarni nazorat qilish, tushunarli bo'lish hamda insonlar, tashkilotlar va SI yetkazib beruvchilari o'rtasida javobgarlikni taqsimlashgacha bo'lgan yangi xavflar yuzaga keladi. Ushbu taqdimot dunyo regulyatorlari bunga qanday munosabat bildirayotganini — Yevropa Ittifoqining keng qamrovli sun'iy intellekt qonunchiligidan tortib AQSh, Buyuk Britaniya va Singapurning tarmoq yondashuvlarigacha bo'lgan amaliyotlar orqali aksariyat organlar SI-agentlari uchun alohida qonunlar qabul qilmayotganini, qolaversa, moliyaviy sektorning amaldagi talablarini yangi sun'iy intellekt tizimlariga tatbiq etayotganini tahlil qiladi. O'zbekistonning amaldagi normativ-huquqiy bazasi — Markaziy bank talablari, bank siri, shaxsiy ma'lumotlar va axborot xavfsizligi to'g'risidagi qonunchilikka tayangan holda, biz mavjud qoidalarni tizimli arxitekturaga: ya'ni loyihaviy boshqaruv va loyihaviy muvofiqlikka qanday tadbiq etish mumkinligini ko'rsatib beramiz.
  • 11:30to–12:05tkSesh 25 avgCentral Asian Expocenter (CAEx)

    Sun'iy intellekt va kvant texnologiyalari bo‘yicha yo‘l xaritasi

    Mas’uliyatli sun’iy intellektdan uning poydevorigacha

    Central Asian Expocenter (CAEx)

    About this session
    Sun’iy intellekt masalasining ikki jihati bir sahnada muhokama qilinishi lozim. Birinchisi – mas’uliyatli sun’iy intellekt. Pul va moliyaviy xizmatlar tobora raqamlashtirilayotgan bir sharoitda avtomatlashtirish bilan bog‘liq xatarlar ham ortib bormoqda. Bular qatoriga modellar faoliyatidagi nosozliklar, firibgarlik, shaxsni identifikatsiya qilish va autentifikatsiya tizimlarining sun’iy intellektga asoslangan aldov usullari orqali sezilmas darajada zaiflashtirilishi kiradi. Ikkinchisi esa – ushbu texnologiyalar tayanadigan infratuzilma. Ya’ni, intellektual iqtisodiyot faoliyat yuritadigan hisoblash quvvatlari (compute), bulutli texnologiyalar (cloud), ma’lumotlar infratuzilmasi va davlatning raqamli platformalari – asosdagi yarimo‘tkazgichlardan (silicon) tortib, yuqori qatlamdagi raqamli identifikatsiya va ma’lumotlar tizimlarigacha bo‘lgan butun ekotizim. Panel ishtirokchilari bu ikki jihatni bevosita o‘zaro bog‘laydi, negaki siz boshqarmaydigan infratuzilmaga ishonch yo‘q, o‘zingiz ma’lum darajada egalik qilmaydigan tizimlarni esa boshqara olmaysiz. Markaziy Osiyo uchun amaliy savol shuki, chegaralar qayerdan o‘tadi, davlat nimani nazorat qilishi kerak (ma’lumotlar, shaxsni tasdiqlash), nimani global miqyosda xavfsiz jalb qila oladi (hisoblash quvvatlari, bulutli texnologiyalar) va iqtisodiyot tayangan tizimlar ustidan suveren nazoratni saqlagan holda jahon texnologiyalariga qanday ochiq qolish mumkin.