Skip to content

Silk Road Finance & Technology Forum

Ko‘p beriladigan savollar

forum haqida bilishingiz kerak bo'lgan barcha narsalar

“Silk Road Finance & Technology Forum”i nima? “Silk Road Finance & Technology Forum”i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Global Finance & Technology Network (GFTN) hamkorligida tashkil etilgan siyosiy platforma hisoblanadi. Bu Markaziy Osiyoda hamkorlikda tashkil etilgan markaziy bank darajasidagi birinchi forum hisoblanadi.

Har yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu forum Markaziy Osiyoning raqamli moliya sohasidagi kun tartibini ilgari surish, xususan siyosat, kapital, texnologiya va iqtidorli kadrlar yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish uchun regulyatorlar, moliya institutlari rahbarlari, fintech asoschilari, investorlar va texnologlarni birlashtiradi.
"Silk Road Finance & Technology Forum"i qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi?

Forum 2026-yil 24–26-avgust kunlari ikkita manzilda bo‘lib o‘tadi:

1- va 2-kunlar: 2026-yil 24–25-avgust
"Central Asian Expo Uzbekistan" (CAEx) ko‘rgazmalar markazi
Toshkent shahri, Milliy bog‘ ko‘chasi, 1-bino

3-kun: 2026-yil 26-avgust
Islom sivilizatsiyasi markazi (ISM)
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy

Shuningdek, delegatsiyalar 2026-yil 27-avgust kuni Samarqand shahrida tashkil etiladigan ixtiyoriy "Madaniy meros sayohati"ga taklif etiladi. "Afrosiyob" tezyurar poyezdida sayohat taxminan 2 soat davom etadi.

Kiyinish tartibi bormi?
"Central Asian Expo Uzbekistan" markazida bo‘lib o‘tadigan tadbirning dastlabki ikki kunida rasmiy-ishbilarmonlik yoki erkin-ishbilarmonlik (smart casual) uslubida kelishni so‘raymiz. Avgust oyida Toshkentda havo issiq bo‘lishi mumkin, shuning uchun o‘zingizga mos va qulay kiyimda kelishingizni tavsiya qilamiz.
 
Uchinchi kuni Islom sivilizatsiyasi markazida diniy maskanlar uchun belgilangan kiyinish qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz
Qanday ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladi va ruxsatnomam nimalarni o‘z ichiga oladi?
Forumdan oldin bu yerda onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
Tadbir joyida ro‘yxatdan o‘tish manzili haqidagi ma’lumotlar tadbir sanasiga yaqinroq e’lon qilinadi.
Ruxsatnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazsa bo‘ladimi?

Ruxsatnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazish tasdiqlangandan so‘ng amalga oshiriladi. So‘rovingizni info@silkroadfinancetechnologyforum.com
elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Tadbirda shaxsan ishtirok etish uchun viza kerakmi?
O‘zbekistonga kirish uchun zarur hujjatlarga ega bo‘lish har bir ishtirokchining o‘z mas’uliyatidir. Viza haqida ma’lumot olish uchun O‘zbekiston elektron viza rasmiy portaliga tashrif buyuring: https://e-visa.gov.uz/application
 
E’tibor bering, forum kunigacha talablar o‘zgarishi mumkin.
Men forumda homiy sifatida yoki ko‘rgazma bilan ishtirok etmoqchiman. Bu haqda qanday qilib batafsil ma’lumot olsam bo‘ladi?

Homiylik va ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatlari bilan bu yerda tanishishingiz va sahifadagi ariza shakli orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Forumga ma’ruzachi nomzodini qanday tavsiya qilsam bo‘ladi?

Ma’ruzachi nomzodini tavsiya qilish uchun taklifingizni bu yerdagi shakl orqali yuboring.

Tadbirning mobil ilovasi bormi? Ha, tadbirning rasmiy mobil ilovasi bo‘ladi. Bu haqda batafsil ma’lumot tadbir sanasiga yaqinroq e’lon qilinadi.
Agar uchrashuv belgilamoqchi yoki boshqa ishtirokchi bilan bog‘lanmoqchi bo‘lsam, buning imkoni bormi?
Batafsil ma’lumotlar tadbir yaqinlashganda e’lon qilinadi.
Rasmiy mobil ilovada ichki chat funksiyasi mavjud bo‘lib, u sizga boshqa ishtirokchilar bilan bevosita bog‘lanish va tadbir davomida muloqotni davom ettirish imkonini beradi.
Forumda xavfsizlik tekshiruvlari o‘tkaziladimi?
Forumda xavfsizlik tekshiruvlari o‘tkaziladimi?
Ha. "Central Asian Expo Uzbekistan" markazida metaldetektorlar o‘rnatilgan. Xavfsizlik tekshiruvlarini tezlashtirish uchun tashrif buyuruvchilarga o‘zlari bilan ortiqcha narsalar olmaslik tavsiya etiladi.
Forumga olib kirish taqiqlangan buyumlar bormi?
O‘qotar qurollar, portlovchi moddalar, dronlar, shaxsiy harakatlanish vositalari, yirik zanjirlar, o‘tkir tig‘li buyumlar va boshqalar.
 
Eslatma: Tashkilotchilar yuqorida sanab o‘tilmagan buyumlar bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilish huquqiga ega. Bu qaror qat’iy va o‘zgartirilmaydi. Tashkilotchilar ixtiyoriga ko‘ra xavfsizlik tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkinligi sababili barcha ishtirokchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini o‘zlari bilan olib yurish tavsiya etiladi.
Forumda ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov bormi? Forumda 16 yosh va undan katta bo‘lgan, ro‘yxatdan o‘tgan soha vakillari va mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

FAQ

Regulators, Central Bankers and Policymakers

Delve into in-depth industry dialogues at the Insights Stage.

Insights Forum

The by-invitation Insights Forum convenes regulators, policymakers, industry leaders, and investors for outcome-focused leadership dialogues and exclusive networking. Insights brings together programmes such as The Capital Meets Policy Dialogue, alongside Elevandi's signature Public-Private Roundtables, as well as working sessions to further meaningful collaboration, drive tangible outcomes, and offer deeper insights.