Sun'iy intellekt agentlari shunchaki avtomatlashtirish vositasi bo'lib qolmay, moliyaviy ekotizimning yangi turdagi raqamli ishtirokchilariga aylanmoqda. Banklar alohida ishlaydigan SI-modellaridan harakatlarni rejalashtiruvchi, tashqi vositalardan foydalanuvchi, bank tizimlari va boshqa agentlar bilan o'zaro aloqaga kirishuvchi hamda moliyaviy tranzaksiyalarni boshlovchi avtonom agentlarga o'tmoqda. Biroq SI maslahatchidan amaliy harakatlarni bajaruvchiga o‘tganda, mas’uliyatning mohiyati ham o‘zgaradi. Bunda agent hayotiy siklining barcha bosqichlarida — ma'lumotlarni boshqarish va manipulyatsiyaga chidamligidan tortib, avtonom harakatlarni nazorat qilish, tushunarli bo'lish hamda insonlar, tashkilotlar va SI yetkazib beruvchilari o'rtasida javobgarlikni taqsimlashgacha bo'lgan yangi xavflar yuzaga keladi.
Ushbu taqdimot dunyo regulyatorlari bunga qanday munosabat bildirayotganini — Yevropa Ittifoqining keng qamrovli sun'iy intellekt qonunchiligidan tortib AQSh, Buyuk Britaniya va Singapurning tarmoq yondashuvlarigacha bo'lgan amaliyotlar orqali aksariyat organlar SI-agentlari uchun alohida qonunlar qabul qilmayotganini, qolaversa, moliyaviy sektorning amaldagi talablarini yangi sun'iy intellekt tizimlariga tatbiq etayotganini tahlil qiladi. O'zbekistonning amaldagi normativ-huquqiy bazasi — Markaziy bank talablari, bank siri, shaxsiy ma'lumotlar va axborot xavfsizligi to'g'risidagi qonunchilikka tayangan holda, biz mavjud qoidalarni tizimli arxitekturaga: ya'ni loyihaviy boshqaruv va loyihaviy muvofiqlikka qanday tadbiq etish mumkinligini ko'rsatib beramiz.

