Sport sohasidagi hamkorliklar homiylik va logotip namoyishidan ancha keng tushunchaga aylanmoqda. Fintech kompaniyalari uchun sport hamkorliklari mijozlar ishonchini mustahkamlash, yangi auditoriyalarni jalb qilish, brend nufuzini oshirish va turli bozorlarda biznesni rivojlantirishning samarali vositasiga aylanmoqda. Ushbu ochiq muloqotda "Rakuten Sports" fintech brendlari sport hamkorliklaridan qanday qilib aniq biznes qiymatini yaratish, jumladan, brendga bo‘lgan ishonchni oshirish, yangi mijozlarni jalb qilish va biznesni rivojlantirish uchun foydalanayotganini muhokama qiladi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda, xususan, yangi bozorlar, faol va sportga qiziqadigan auditoriyalar hamda uzoq muddatli o‘sish imkoniyatlarini izlayotgan brendlar uchun O‘zbekiston nima sababdan yangi istiqbolli bozor bo'lishi mumkinligi ham muhokama qilinadi.

