Skip to content

Azimut suhbati – Shariat talablarini kodlasa bo‘ladimi?

Har qanday kod uchun texnik talabnoma (spetsifikatsiya) zarur. Shariat talqinida esa u hali mavjud emas. Aktivlarni sukuk egalariga real huquqiy o‘tkazishni majburiy qilib, kafolatlangan daromadni bekor qiladigan AAOIFI’ning 62-sonli Shariat standarti 2023-yil noyabr oyidan beri muhokamada va hali yakuniy tasdiqlanmagan. AAOIFI standartlari taxminan 21 ta yurisdiksiyada to‘liq, qisman yoki tavsiya sifatida qabul qilingan; 2024-yildagi sukuk emissiyasining qariyb 68 foizini tashkil etuvchi Malayziya, Saudiya Arabistoni va Indoneziya esa ularni umuman majburiy deb hisoblamaydi. Shu bilan birga, IFSBning 2026-yilgi hisobotida gibrid xatarlar muammosi alohida qayd etiladi. Ayrim islomiy moliyaviy mahsulotlar an’anaviy bank xizmatlariga tobora yaqinlashib borayotgani sababli, amaldagi prudensial tartibga solish mexanizmlari ularning haqiqiy tavakkalchilik xususiyatlarini to‘liq aks ettira olmayapti. Shariat ulamolari o‘rtasida hali yakdil qarash shakllanmagan masalalar bo‘yicha esa samarali tartibga solish qoidalarini ishlab chiqish mushkul. Xo‘sh, nimalarni infratuzilmaga joriy etish mumkin-u, nimalar inson ixtiyorida qolishi kerak?