Regulyatorlar va texnologik yechimlarni taqdim etuvchi kompaniyalar ishtirokidagi amaliy sessiya. Pul yuvishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning zamonaviy vositalari, jumladan, tranzaksiyalar monitoringi, sanksiyalar va siyosiy ahamiyatga ega shaxslarni tekshirish, mijozlar xavfini baholash, ishlarni boshqarish, tahlil va sun’iy intellekt masalalari muhokama qilinadi. Mazkur sessiya davomida regulyatorlarning talablari, uni amalga oshirishdagi muammolar va xavf-xatarlarga asoslangan AML/CFT yondashuvini tatbiq etishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni muhokama qilinadi.
KUN TARTIBI:
10:00 – 10:30: Ochilish nutqi – O'zbekiston Markaziy banki, Moliya monitoringi departamenti (FIU), KPMG
10:30 – 11:15: Ma'ruzachi: Dr. Feliks Berkhahn – “Hawk AI GmbH” kompaniyasining sun’iy intellekt bo‘yicha bosh direktori
11:15 – 12:00: Ma'ruzachilar: Mett Long “Quantexa” kompaniyasining Moliya va iqtisodiy jinoyatlar xavfi bo‘yicha global rahbari,
Alister Masson “Quantexa” Katta direktori va hamkorlar tarmog‘i rahbari,
Yelizaveta Savinyx “Quantexa”Savdoda moliyaviy jinoyat xavfini kamaytirish yechimlari bo‘yicha global rahbari
12:00 – 12:45: – SAS taqdimoti

